Farida Afrõz Signature Emblem
Farida AfrõzIjodiy Portali

Matbuot va Yangiliklar

Şoira iştirokidagi tadbirlar, kitob taqdimotlari va matbuot xabarlari

Taqdimot
12/15/2025

Taqdimot

Taniqli şoir, adib, dramaturg, Õzbekistonda xizmat kõrsatgan jurnalist, "Dõstlik" ordeni sohibi Erkin Samandar tavalludining 90 yilligi munosabati bilan badiiy-maʼrifiy tadbir hamda "Tanlangan asarlar" kitobi taqdimoti

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа
10/12/2025

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа

USTOZLARGA EHTIROM
9/30/2025

USTOZLARGA EHTIROM

USTOZLARGA EHTIROM Bugun Yozuvçilar uyuşmasida “1-oktyabr – Õqituvçi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bõlib õtdi. Unda uyuşmaning “Adabiyot” naşriyotida çop etilgan “Ustozlarga ehtirom” kitobi hamda atoqli adiblar nomi bilan yuritiladigan ijod maktablari ijodkor õquvçilarining “Mening birinçi kitobim” loyihasida çop etilgan 18 nomdagi kitoblari taqdimoti õtkazildi. Taqdimotni Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Õzbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid kiriş sõzi bilan oçib berdi. Tadbirda Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi õrinbosari Farida Afrõz, Õzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxõja, “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri Ahmadjon Meliboyev, Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agengligi direktor õrinbosari Hasan Şokirov, Õzbekistonda xizmat kõrsatgan madiniyat xodimi Şarifa Salimova va boşqalar sõzga çiqib, kitoblarning ahamiyati haqida sõzladi

#qutlov
8/28/2025

#qutlov

#qutlov Õzbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2025-yil 23-avgustdagi qaroriga binoan Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi õrinbosari, şoira Bõtayeva Farida Kuziyevna (Farida Afrõz) “Õzbekiston Respublikasida xizmat kõrsatgan madaniyat xodimi” faxriy (https://president.uz/uz/lists/view/8413) unvoni bilan taqdirlanadi.

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа
7/16/2025

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа

Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси ҳамда Жиззах вилояти ҳокимлиги ҳамкорлигида ташкил этилаётган Республика ёш ижодкорларнинг Зомин семинари юртимиз қаламкашларининг энг севимли лойиҳаларидан саналади.

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа
7/10/2025

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа

Ilhom izlagan yuraklar karvoni
7/3/2025

Ilhom izlagan yuraklar karvoni

"Yangi Õzbekiston" gazetasining 3-iyul kungi 135-sonida çop etilgan maqola

Tasdiqlaş
7/2/2025

Tasdiqlaş

EʼTIROF Bugun Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasida bir qator yoş ijodkorlarga Yozuvçilar uyuşmasining aʼzolik guvohnomalari topşirildi.    Tadbirni uyuşma raisi Sirojiddin Sayyid oçib berib, yoşlarni tabrikladi va dil sõzlarini bildirdi. Sõngra raisning xotin-qizlar va yoşlar masalalari bõyiça õrinbosari Farida Afrõz, taniqli şoira Zebo Mirzo sõzga çiqib, yoş ijodkorlarni qutlaşdi.    Şundan keyin, 30-iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan davlatimiz rahbari imzosi bilan adabiyot yõnalişida “Mard õğlon” davlat mukofotini olgan 4 nafar yoş ijodkorga yangi naşr etilgan kitoblar va esdalik sovğalarini topşirildi. Tadbir sõngida mukofotlangan yoş ijodkorlar hamda aʼzolik guvohnomalarini olganlarning fikrlari tinglandi.

Tasdiqlaş
6/30/2025

Tasdiqlaş

Bugun Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasida bir qator yoş ijodkorlarga Yozuvçilar uyuşmasining aʼzolik guvohnomalari topşirildi.    Tadbirni uyuşma raisi Sirojiddin Sayyid oçib berib, yoşlarni tabrikladi va dil sõzlarini bildirdi. Sõngra raisning xotin-qizlar va yoşlar masalalari bõyiça õrinbosari Farida Afrõz, taniqli şoira Zebo Mirzo sõzga çiqib, yoş ijodkorlarni qutlaşdi.    Şundan keyin, 30-iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan davlatimiz rahbari imzosi bilan adabiyot yõnalişida “Mard õğlon” davlat mukofotini olgan 4 nafar yoş ijodkorga yangi naşr etilgan kitoblar va esdalik sovğalarini topşirildi. Tadbir sõngida mukofotlangan yoş ijodkorlar hamda aʼzolik guvohnomalarini olganlarning fikrlari tinglandi.

YANGI DRAMA: “ŞE’RIYATNING MANGU SADOSI” şe'riyat oqşomi
6/20/2025

YANGI DRAMA: “ŞE’RIYATNING MANGU SADOSI” şe'riyat oqşomi

TEATRDA ŞE’RIYATNING MANGU SADOSI Muqimiy nomidagi Õzbekiston Davlat Akademik musiqali drama teatrida “Şe’riyat teatri”ning ilk premerasi bõlib õtdi. “Matonat va sabot sohibi, bağri keng bu el qalbiga Parvardigor tiniq bir yengilmas tuyğuni jo etganki, bu tuyğu da’vatkor Olov Sõzdan, qalbni nurlantiradigan şe’rdan, tomirlarda daryolar toşqinini ato etadigan qõşiqlardan kuç olgan. Hamişa şunday bõlgan! Bugun ham şunday! Bu yurtning şoirlari Olovdan sõz yasaydilar, çaqmoqda toblaydilar, bu yurtning şoirlari yozgan şe’rlar, hofizlari kuylagan qõşiqlar asrlarki millatning yuragini yoritib turibdi. Bilga Hoqon davridan to bugunga qadar bu Xalq Mard va Rost Sõz ostida birlaşadi. Şuning uçun bu õlkaning rahnomalari qalbida ham şe’ru san’atga mehr õzgaça. Şohlari, podşolari, asl yurtparvar Yõlboşçilari şe’riyat va san’atni uluğlagan bunday millat heç qaçon yõq bõlib ketmaydi.” Sahna asari Momo Havoning ana şunday sõzlari bilan boşlanadi... Şe’riyatning naqadar gõzal va qudratli kuçi inson kõngliga hayratni, hayotsevarlikni, muhabbatni olib kirişi mumkinligini kõrsatib bergan uşbu drama Yurtboşimizning adabiyot haqidagi sõzlari bilan boşlandi. Şundan sõng ekranda turli davlatlar adabiyot vakillarining Õzbek adabiyoti haqidagi fikrlari muhrlangan videolavhalar namoyiş etildi. Qirğizistonlik Umurboy Tillaboyev, qozoğistonlik Murodxon Şoxan, rossiyalik Olga Şpakoviç, ozarbayjonlik Salim Babulla õğli kabi şoir-yozuvçilar õz yurtlaridan turib “Şe’riyat teatri” ijodkorlariga tabrik yõllaşdi. Õzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 28-iyun kuni bõlib õtgan faol va taşabbuskor yoşlar bilan õtkazilgan uçraşuv videoselektorda yoş şoirlar ijodini mahallalarda keng tarğib qiliş, yoşlarimiz orasida kitobxonlik madaniyatini oşiriş, ma’naviyatni yanada yuksaltiriş uçun kõçma “Şe’riyat teatri” loyihasini yaratiş vazifasi belgilangan edi. Õzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida Vatanning har bir qariç yeriga mehr - muhabbat, tinç va osoyişta kunlarimizga şukronalik, uluğ ajdodlarimizdan meros olamşumul kaşfiyot va umrboqiy betimsol asarlar hamda oqibatli xalqimiz ruhiyatida asrlar davomida ildiz otgan yuksak umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yoşlarimiz kamolotiga işonç tuyğulari aks etgan yangi drama yaratildi. Uşbu asarning õziga xos jihati şundaki, sahnada keçayotgan turli xil voqeyliklar talqinida mahoratli aktyorlar qatorida iste’dodli yoş şoirlar ham õz çiqişlari bilan qatnaşdi. Taniqli adib va dramaturg Qõçqor Norqobil qalamiga mansub “Şeriyatning mangu sadosi” deb nomlangan uşbu sahna asarini teatrning boş rejissyori Doston Haqberdiyev sahnalaştirgan. Badiiy rahbar Sanobar Qulmirzayeva. Asarda Õzbekiston Xalq şoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid hamda Farida Afrõz, Xosiyat Rustamova va boşqa taniqli şoirlarning şe’rlari yoş iste’dodli aktyorlar tilida yangradi. Mamlakatimizning yoş iste’dodli şoirlari Dadaxon Muhammadiyev, Begali Eşonqulov, Sitora Şomurodova, Islom Qõçqorov, Muhammadali Ğafforov, Nuriddin Rasulov, Gulhayo Õrolova, Sitora Naimjonova, Umid Qodirovlar ustoz şoirlarning qiyofalarini jonlantirişdi. Şuningdek, õzlarining ijod namunalaridan õqib, tomoşabinlar olqişiga sazovor bõlişdi. Rollarni Õzbekistonda xizmat kõrsatgan artist Turğun Beknazarov, "Mehnat şuhrati” ordeni sohibasi Ma’suda Otajonova, “Şuhrat medali” sohiblari Rasulxon Qodirxonov, Inobat Umirova hamda qator mahoratli aktyorlar ijro etişdi. Premera yakunida Õzbekiston Madaniyat vaziri birinçi õrinbosari Bahodir Ahmedov, Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi õrinbosari Farida Afrõz, ğoya muallifi, taniqli şoir Botirjon Ergaşev sõz olişib, mazkur loyihaning ahamiyati haqida gapirişdi. “Şe’riyat teatri” ning qahramonlari – aktyor va şoirlarga taşakkurnomalar topşirildi. Şodi OTAMUROD, Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati rahbari

Ijodiy festivali
6/18/2025

Ijodiy festivali

Toşkent viloyatining Bõstonliq tumanida Õzbekiston Qahramoni, Õzbekiston xalq şoiri Erkin Vohidov ijodiga bağişlangan "E VOH" an’anaviy ijodiy festivali bõlib õtdi.

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа
7/11/2024

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа

Зомин семинари – ёшлар орзу қилган лойиҳа