Farida Afrõz Signature Emblem
Farida AfrõzIjodiy Portali
Yangiliklar rõyxatiga qaytiş

Tasdiqlaş

Tasdiqlaş
Matbuot xabari
6/30/2025
Bugun Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasida bir qator yoş ijodkorlarga Yozuvçilar uyuşmasining aʼzolik guvohnomalari topşirildi.    Tadbirni uyuşma raisi Sirojiddin Sayyid oçib berib, yoşlarni tabrikladi va dil sõzlarini bildirdi. Sõngra raisning xotin-qizlar va yoşlar masalalari bõyiça õrinbosari Farida Afrõz, taniqli şoira Zebo Mirzo sõzga çiqib, yoş ijodkorlarni qutlaşdi.    Şundan keyin, 30-iyun – Yoşlar kuni munosabati bilan davlatimiz rahbari imzosi bilan adabiyot yõnalişida “Mard õğlon” davlat mukofotini olgan 4 nafar yoş ijodkorga yangi naşr etilgan kitoblar va esdalik sovğalarini topşirildi. Tadbir sõngida mukofotlangan yoş ijodkorlar hamda aʼzolik guvohnomalarini olganlarning fikrlari tinglandi.