USTOZLARGA EHTIROM

Matbuot xabari
9/30/2025
USTOZLARGA EHTIROM Bugun Yozuvçilar uyuşmasida “1-oktyabr – Õqituvçi va murabbiylar kuni” munosabati bilan tantanali tadbir bõlib õtdi. Unda uyuşmaning “Adabiyot” naşriyotida çop etilgan “Ustozlarga ehtirom” kitobi hamda atoqli adiblar nomi bilan yuritiladigan ijod maktablari ijodkor õquvçilarining “Mening birinçi kitobim” loyihasida çop etilgan 18 nomdagi kitoblari taqdimoti õtkazildi. Taqdimotni Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi, Õzbekiston xalq şoiri Sirojiddin Sayyid kiriş sõzi bilan oçib berdi. Tadbirda Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi õrinbosari Farida Afrõz, Õzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Şerzodxon Qudratxõja, “Jahon adabiyoti” jurnali boş muharriri Ahmadjon Meliboyev, Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agengligi direktor õrinbosari Hasan Şokirov, Õzbekistonda xizmat kõrsatgan madiniyat xodimi Şarifa Salimova va boşqalar sõzga çiqib, kitoblarning ahamiyati haqida sõzladi