Farida Afrõz Signature Emblem
Farida AfrõzIjodiy Portali
Yangiliklar rõyxatiga qaytiş

YANGI DRAMA: “ŞE’RIYATNING MANGU SADOSI” şe'riyat oqşomi

YANGI DRAMA: “ŞE’RIYATNING MANGU SADOSI” şe'riyat oqşomi
Matbuot xabari
6/20/2025
TEATRDA ŞE’RIYATNING MANGU SADOSI Muqimiy nomidagi Õzbekiston Davlat Akademik musiqali drama teatrida “Şe’riyat teatri”ning ilk premerasi bõlib õtdi. “Matonat va sabot sohibi, bağri keng bu el qalbiga Parvardigor tiniq bir yengilmas tuyğuni jo etganki, bu tuyğu da’vatkor Olov Sõzdan, qalbni nurlantiradigan şe’rdan, tomirlarda daryolar toşqinini ato etadigan qõşiqlardan kuç olgan. Hamişa şunday bõlgan! Bugun ham şunday! Bu yurtning şoirlari Olovdan sõz yasaydilar, çaqmoqda toblaydilar, bu yurtning şoirlari yozgan şe’rlar, hofizlari kuylagan qõşiqlar asrlarki millatning yuragini yoritib turibdi. Bilga Hoqon davridan to bugunga qadar bu Xalq Mard va Rost Sõz ostida birlaşadi. Şuning uçun bu õlkaning rahnomalari qalbida ham şe’ru san’atga mehr õzgaça. Şohlari, podşolari, asl yurtparvar Yõlboşçilari şe’riyat va san’atni uluğlagan bunday millat heç qaçon yõq bõlib ketmaydi.” Sahna asari Momo Havoning ana şunday sõzlari bilan boşlanadi... Şe’riyatning naqadar gõzal va qudratli kuçi inson kõngliga hayratni, hayotsevarlikni, muhabbatni olib kirişi mumkinligini kõrsatib bergan uşbu drama Yurtboşimizning adabiyot haqidagi sõzlari bilan boşlandi. Şundan sõng ekranda turli davlatlar adabiyot vakillarining Õzbek adabiyoti haqidagi fikrlari muhrlangan videolavhalar namoyiş etildi. Qirğizistonlik Umurboy Tillaboyev, qozoğistonlik Murodxon Şoxan, rossiyalik Olga Şpakoviç, ozarbayjonlik Salim Babulla õğli kabi şoir-yozuvçilar õz yurtlaridan turib “Şe’riyat teatri” ijodkorlariga tabrik yõllaşdi. Õzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 28-iyun kuni bõlib õtgan faol va taşabbuskor yoşlar bilan õtkazilgan uçraşuv videoselektorda yoş şoirlar ijodini mahallalarda keng tarğib qiliş, yoşlarimiz orasida kitobxonlik madaniyatini oşiriş, ma’naviyatni yanada yuksaltiriş uçun kõçma “Şe’riyat teatri” loyihasini yaratiş vazifasi belgilangan edi. Õzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Yozuvçilar uyuşmasi hamkorligida Vatanning har bir qariç yeriga mehr - muhabbat, tinç va osoyişta kunlarimizga şukronalik, uluğ ajdodlarimizdan meros olamşumul kaşfiyot va umrboqiy betimsol asarlar hamda oqibatli xalqimiz ruhiyatida asrlar davomida ildiz otgan yuksak umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yoşlarimiz kamolotiga işonç tuyğulari aks etgan yangi drama yaratildi. Uşbu asarning õziga xos jihati şundaki, sahnada keçayotgan turli xil voqeyliklar talqinida mahoratli aktyorlar qatorida iste’dodli yoş şoirlar ham õz çiqişlari bilan qatnaşdi. Taniqli adib va dramaturg Qõçqor Norqobil qalamiga mansub “Şeriyatning mangu sadosi” deb nomlangan uşbu sahna asarini teatrning boş rejissyori Doston Haqberdiyev sahnalaştirgan. Badiiy rahbar Sanobar Qulmirzayeva. Asarda Õzbekiston Xalq şoirlari Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Usmon Azim, Sirojiddin Sayyid hamda Farida Afrõz, Xosiyat Rustamova va boşqa taniqli şoirlarning şe’rlari yoş iste’dodli aktyorlar tilida yangradi. Mamlakatimizning yoş iste’dodli şoirlari Dadaxon Muhammadiyev, Begali Eşonqulov, Sitora Şomurodova, Islom Qõçqorov, Muhammadali Ğafforov, Nuriddin Rasulov, Gulhayo Õrolova, Sitora Naimjonova, Umid Qodirovlar ustoz şoirlarning qiyofalarini jonlantirişdi. Şuningdek, õzlarining ijod namunalaridan õqib, tomoşabinlar olqişiga sazovor bõlişdi. Rollarni Õzbekistonda xizmat kõrsatgan artist Turğun Beknazarov, "Mehnat şuhrati” ordeni sohibasi Ma’suda Otajonova, “Şuhrat medali” sohiblari Rasulxon Qodirxonov, Inobat Umirova hamda qator mahoratli aktyorlar ijro etişdi. Premera yakunida Õzbekiston Madaniyat vaziri birinçi õrinbosari Bahodir Ahmedov, Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisi õrinbosari Farida Afrõz, ğoya muallifi, taniqli şoir Botirjon Ergaşev sõz olişib, mazkur loyihaning ahamiyati haqida gapirişdi. “Şe’riyat teatri” ning qahramonlari – aktyor va şoirlarga taşakkurnomalar topşirildi. Şodi OTAMUROD, Õzbekiston Yozuvçilar uyuşmasi Axborot xizmati rahbari